Mazkur Ommaviy oferta (keyingi o'rinlarda — Oferta) Pro Edu xizmati (keyingi o'rinlarda — Ijrochi) va undan foydalanuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs (keyingi o'rinlarda — Foydalanuvchi) o'rtasidagi rasmiy taklif hisoblanadi.
Ijrochi sun'iy intellekt (AI) texnologiyalari yordamida Foydalanuvchi kiritgan ma'lumotlar asosida o'quv va boshqa hujjatlarni avtomatik tarzda tayyorlab beradi (dars ishlanma, referat, kurs ishi, slayd, spiker matni va boshqalar), shuningdek fayllar bilan ishlash bo'yicha yordamchi vositalarni taqdim etadi.
Hujjat AI tomonidan Foydalanuvchi kiritgan so'rov asosida yaratiladi. Natijaning mazmuni Foydalanuvchi kiritgan ma'lumotga bog'liq. Tayyor hujjatni tekshirish, undan foydalanish va uning maqsadga muvofiqligi uchun javobgarlik Foydalanuvchi zimmasida (batafsil — 6-bo'lim, Mas'uliyat cheklovi).
Xizmat haqi Foydalanuvchi balansidan yechiladi. Agar to'lov amalga oshirilgan-u, texnik nosozlik tufayli xizmat umuman ko'rsatilmagan (hujjat yaratilmagan) yoki bir xil xizmat uchun mablag' ikki marta yechilgan bo'lsa, mablag' qaytariladi. Hujjat muvaffaqiyatli yaratilib yetkazilgach, xizmat bajarilgan hisoblanadi. Qaytarishga oid murojaatni @ProEdu_appbot orqali yuborishingiz mumkin — asosli bo'lsa, mablag' Click orqali qaytariladi.
Tayyor hujjat odatda bir necha daqiqada Telegram bot orqali Word va PDF formatда yetkaziladi. Texnik sabablarga ko'ra vaqt o'zgarishi mumkin.
Xizmat o'quv va metodik ishlarni tayyorlashda yordamchi vosita sifatida taqdim etiladi. Tayyor materialdan foydalanishda Foydalanuvchi o'z ta'lim muassasasining qoidalariga va akademik halollik talablariga rioya qilishi shart. Materialni o'zgartirmasdan, o'z ishi sifatida topshirish oqibatlari uchun Ijrochi javobgar emas. Xizmat plagiat yoki akademik qoidabuzarlikni rag'batlantirmaydi.
Xizmat O'zbekiston Respublikasida ro'yxatdan o'tgan o'zini o'zi band qilgan jismoniy shaxs tomonidan ko'rsatiladi. To'lovlar rasmiy Click to'lov tizimi (merchant) orqali qabul qilinadi. Bog'lanish: @ProEdu_appbot.
Ijrochi Oferta shartlarini bir tomonlama o'zgartirish huquqini saqlab qoladi. O'zgarishlar shu sahifada e'lon qilingan paytdan kuchga kiradi.